Marokashda yakshanba kuni kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda dushanba kuni mahalliy hokimiyat vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.
Atlantika okeani sohilidagi Safi provinsiyasida halok bo‘lganlar soni 37 nafarga yetdi, yana 14 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonalarda davolanmoqda.
Janubdagi Tingir provinsiyasida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mahalliy Hibapress nashri ma’lumotiga ko‘ra, ular mingan avtomashinani kuchli oqimdagi suv olib ketgan.
Xabarda aytilishicha, Safi shahrida suv toshqini taxminan bir soat davom etgan kuchli yomg‘ir va momaqaldiroqdan keyin sodir bo‘lgan. Shaharda o‘nlab uylar va do‘konlar suv ostida qolgan, ko‘plab avtomobillar ag‘darilib, oqayotgan suv tomonidan olib ketilgan. Yo‘llar ham buzilib, katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Marokash rasmiylari yaqin kunlarda yomg‘irlar kuchayishi mumkinligidan ogohlantirdi.