Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Marokashda bedarak yo‘qolgan ikkinchi amerikalik askarning jasadi topildi

Marokashda bedarak yo‘qolgan ikkinchi amerikalik askarning jasadi topildi

Marokash janubida o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv operasiyasi davomida "Afrika sheri" qo‘shma harbiy mashqlari paytida bedarak yo‘qolgan ikkinchi amerikalik harbiy xizmatchining jasadi topildi.

Bu haqda mahalliy Le12 axborot agentligi Marokash qurolli kuchlari rasmiy bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

"Marokash armiyasining qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari bir necha kundan beri bedarak yo‘qolgan ikkinchi amerikalik harbiy xizmatchining jasadi topilgandan so‘ng, qirollikning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Kap Draa mintaqasida keng ko‘lamli qidiruv operasiyalarini yakunladilar", deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko‘ra, qidiruv ishlariga "amerikalik sheriklar bilan muvofiqlashtirilgan holda" ixtisoslashgan quruqlik va dengiz bo‘linmalari jalb qilingan. Marhum amerikalik harbiy xizmatchining shaxsi va unvoni oshkor qilinmagan.

Marokash armiyasi avvalroq birinchi amerikalik harbiy xizmatchining jasadi topilgani haqida xabar bergan edi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, u 4-havo mudofaasi polkining 5-batalyonining havo mudofaasi batareyasida vzvod komandiri bo‘lib xizmat qilgan katta leytenant Kendrik Lamont Key kichik ekanligi aniqlangan.

Kiritildi: Bugun 12:10. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!