AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroning avj olish va kengayish xavfi haqida ogohlantirdi.
RIA Novosti xabar berishicha, u bu haqda Hindistonda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytgan.
«Bu kabi urushlar cho‘zilib, davom etar ekan, ularning xavfi shundaki, ular doimo avj olish va yangi bosqichga ko‘tarilish xavfini keltirib chiqaradi», — dedi diplomat.
Shu bilan birga, u hozirda Ukraina bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini ta’kidladi.