1. AQSh investisiyalari. Amerika kompaniyalarining O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi loyihalarini ko‘paytirish, yangi bitimlar tuzish.
2. Nodir va strategik metallar. AQSh sanoati uchun muhim xomashyolar bo‘yicha hamkorlik. Bu Amerika delegasiyasi e’tiboridagi asosiy yo‘nalishlardan biri.
3. Terrorizmga qarshi kurash. Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari bilan xavfsizlik hamkorligini kengaytirish.
4. Boeing bilan biznes aloqalari. Boeing vakillari delegasiyada qatnashadi.
5. Banklar va moliyalashtirish. Citibank, Franklin Templeton, AQSh Eksport-import banki va DFC ishtirokida investisiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlari.
6. Savdo aloqalarini kengaytirish. Amerika kompaniyalarini mahalliy biznes va hukumat vakillari bilan bog‘lash, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish.
7. Mintaqaviy xavfsizlik. AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik.
8. C5+1 uchrashuvi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari.
9. O‘zbekiston bilan alohida muzokaralar. Investisiya loyihalari va strategik sheriklikni kengaytirish.
10. Qozog‘iston bilan alohida muzokaralar. Ikki tomonlama iqtisodiy va xavfsizlik aloqalari.
11. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan muzokaralar. Har bir davlatning yuqori martabali vakillari bilan alohida uchrashuvlar rejalashtirilgan.
12. O‘zbekiston–AQSh biznes va investisiya kengashi. Kengashning ikkinchi yig‘ilishi doirasida qo‘shma loyihalar va ularni tezlashtirish masalalari ko‘rilishi kutilmoqda.