AQSh davlat kotibi Marko Rubio Isroilga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tashrifini qoldirishi mumkin.
AFP agentligi manbasiga ko‘ra, tashrif doirasida u Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Eronga ehtimoliy zarbalar masalasini muhokama qilishi rejalashtirilgan edi.
Manba ta’kidlashicha, Rubio Isroilga borish niyatidan qaytmagan, biroq tashrif jadvaliga o‘zgartish kiritilishi mumkin.
Avvalroq u shanba kuni Netanyaxu bilan uchrashishi kutilgan edi. Isroil OAV ma’lumotiga ko‘ra, uning mamlakatga yetib kelishi 2 martga rejalashtirilgan.