Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori: "Eron va Isroil o‘rtasida keskinlashuv xavfi yuqori"

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori: "Eron va Isroil o‘rtasida keskinlashuv xavfi yuqori"

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns yaqin haftalarda Yaqin Sharqda mojaroning yanada mintaqaviy kuchayishi xavfi bor, deb hisoblaydi.

Bloomberg nashrining xabariga ko‘ra, Jorjiya shtatidagi Si-Aylende shahrida bo‘lib o‘tgan Cipher Brief Threat konferensiyasida so‘zlagan Bernsning aytishicha, Isroil va Eron yetakchilari to‘liq miqyosdagi urushni izlamasa-da, urush avj olish xavfi yuqori.

Mojaro Livanda Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygan bir paytda, shuningdek, Eronning yaqinda Isroilga raketa hujumi sodir bo‘lgan paytda davom etmoqda.

"Biz jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan to‘qnashuvlar va tushunmovchiliklar ehtimoli borligini ko‘rmoqdamiz", - deya Bernsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik Qo‘shma Shtatlar uchun eng muhim vazifa vaziyatning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Berns, shuningdek, Isroilning Eron raketa hujumiga qanday javob berish borasidagi qarori, jumladan, global bozorlar uchun ham muhim oqibatlarga olib kelishini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 09:38. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!