Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi rahbarligida kuch tuzilmalari bilan taktik o‘quvlar o‘tkazildi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi rahbarligida kuch tuzilmalari bilan taktik o‘quvlar o‘tkazildi

Jizzax viloyatining Jizzax shahrida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari tomonidan Jizzax shahri aholisining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi taktik o‘quvi o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi rahbariyati, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi hodimlari, davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy Gvardiya, davlat bojxona qo‘mitasi kuch va vositalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, Jizzax shahri hokimligi hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotining birinchi kunida shartli jinoyatchilar guruhi Jizzax shahriga kirishga urinayotganligi to‘g‘risida ma’lumot berilgach, shaharga kirish yo‘llari qo‘riqlovga olinib, transport vositalari va fuqarolar tekshiruvdan o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotining ikkinchi kunida ommaviy tartibbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha Markaziy harbiy okrug, Jizzax viloyati IIB, shahar va tumanlar ichki ishlar bo‘limlari, Milliy Gvardiya, DXXB, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Jizzax viloyati davlat bojxona va sog‘liqni saqlash boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida Jizzax shahriga aylanma yo‘llardan kirib kelgan, bir qator ob’ektlarni portlatishga uringan, qurollangan shartli jinoyatchilarni to‘xtatish va ularni qo‘lga olish amaliyoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng sapyorlar tomonidan portlovchi moddalarni zararsizlantirish choralari ko‘rildi. O‘quv mashg‘uloti davomida tergov–tezkor guruhi  voqea joyida tezkor-surishtiruv ishlarini olib bordi.

O‘quv mashg‘ulotining uchinchi kuni shtab a’zolaridan tarkib topgan guruhlar uyma-uy yurib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga oid profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdi. Aholiga jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi. 

O‘quv mashg‘ulotining yakuniy bosqichi “Jizzaxdonmahsulotlari” AJda bo‘lib o‘tdi. Bu yerda kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan ko‘ngilsizliklar va yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Jumladan, zilzila ostida qolgan fuqarolarni evakuasiya qilish, jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minotini zararsizlantirish, hududni qo‘riqlash va yuzaga kelgan yong‘inlarni bartaraf etish kabi amaliyotlar bajarildi.

Tadbir yakunida esa kuch tuzilmalari rahbarlari o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi va erishilgan yutuqlarni e’tirof etishdi.

 

Kiritildi: 20:02 25.11.2019. O'qildi: 1746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!