Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Mark Sukerbergning boyligi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi

Mark Sukerbergning boyligi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi

Dunyoning eng boy insonlaridan biri, Facebook tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerbergning boyligi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi.

“Bloomberg Billionaires Index” (BBI) ma’lumotlariga ko‘ra, Sukerbergdan tashqari, Amazon bosh direktori Jeff Bezos va Microsoft bosh direktori Bill Geyts ham 100 milliard dollardan ko‘proq boylikka ega.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, so‘nggi bir yilda Sukerberg 22 milliard dollarga, Bezos esa 75 milliard dollarga boyishgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, Sukerbergning sarmoyasi Facebook aksiyalarining TikTok servisiga raqobatchi dasturning ishga tushirilishi haqidagi xabardan so‘ng ko‘tarilishi hisobiga oshgan.

5 avgust kuni Facebook dunyodagi 50 dan ortiq mamlakatlarda Instagram Reels qisqa video-xizmati ishga tushirilganini e’lon qilgan edi.

 

Kiritildi: 20:45 08.08.2020. O'qildi: 2842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!