Mariupol meri Vadim Boychenkoning aytishicha, Rossiya tomonidan bosib olingan shahar aholisi ichimlik suvi yetishmasligi tufayli halok bo‘lish arafasida. "Shaharda hali ham 100 mingdan ortiq kishi ichimlik suviga ega emas”, — deydi shahar meri.
Boychenkoning so‘zlariga ko‘ra, endi rus hokimiyati aholiga haftada bir marta suv beradi, shahar aholisi esa suv olish uchun 4-8 soat navbatda turishadi. Bundan tashqari, shahar elektr energiyasi, gaz va kanalizasiya tizimisiz qolmoqda.
Boychenko "yashil yo‘lak" ochib, odamlarni qutqarish kerak, deb ta’kidlamoqda.