Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Marg‘ilondagi bozor atayin yoqib yuborilganmidi?

Marg‘ilondagi bozor atayin yoqib yuborilganmidi?

Marg‘ilon shahridagi xalq tilida “TP 3 bozor” nomi bilan tanilgan e ng atta oziq ovqat va xalq xo‘jaligi mollari savdosiga ixtisoslashgan bozor bugun tungi soat 2:00 dantongi 5:00 gacha yonib kul bo‘lgani haqida xabar bergandik.

"Xalq so‘zi onlayn"ning yozishicha, yong‘in sodir bo‘layotgan vaqtda bozor atrofini ichki ishlar organlari xodimlari halqa shaklida o‘rab olgan. 8 ta yong‘in o‘chirish mashinalari yong‘inni tongacha bartaraf eta olmagan. Hududda minga yaqin savdogarlarning mollari yonib kul bo‘lgan.

Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda,bu bozor sobiq traktorlarni ta’mirlash zavodi binolarida joylashgan. Hech bir bino maxsus bozor uchun mo‘ljallab qurilmagan.O‘sha paytlarda zavodning hamma uskunalari kesilib sotib yuborilgan va o‘rniga boshqa yongan kombinat bozori ko‘chirib kelingan edi. Kombinat bozori ham xuddi shunday sobiq “Ip yigiruv kombinati” binosida joylashgan edi. U yerda o‘sha paytlarda xalq qarshiligi bilan oziq ovqat savdosini yo‘qotisha olmagach, bugungidek u yerda ham yong‘in chiqarilgan. Tasodifmi yoki atayin qilinganmi, bunisi qorong‘u. Lekin savdogarlar tarixda bo‘lgani kabi muntazam qarshiliklar jarayonida yong‘in kelib chiqqan.

Bozordagi yong‘in sabablari va oqibatlari haqida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Kiritildi: 17:33 10.06.2019. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!