Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Marg‘ilon shahar hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z uyida osilgan holda topildi

Marg‘ilon shahar hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z uyida osilgan holda topildi

Farg‘onada Mag‘ilon shahar hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlagan fuqaro o‘z uyidan osilgan holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismidan 30 noyabr kuni soat 11:00 larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, shahardagi Mustaqillik ko‘chasi 174-xonadonda yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan T.E. yashash xonadoni yerto‘lasida kabeldan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi osib vafot etgan.

Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, T.E. Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha 1-o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019 yil 2 aprel kuni o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Kiritildi: 14:58 03.12.2019. O'qildi: 3704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!