Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Maradonaning Messidan ustun jihati aytildi

Maradonaning Messidan ustun jihati aytildi

«Fiorentina» va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta Lionel Messi hamda Diyego Maradonani taqqosladi.

Raqamlarga qarasak, Messi Diyegodan ancha ustun. Ammo xarakter, iste’dod va tomoshaboplik borasida nima deysiz?

— Raqamlar bo‘yicha Messi allaqachon va ancha oldin Maradonadan o‘zib ketgan. Ammo xarizma va tomoshaboplik haqida gapirsak, menda ayrim shubhalar bor.

Bu jahon chempionati Messi Maradonaning ham ustun ekanini isbotlamadimi?

— Avval ham aytganimdek, raqamlar bo‘yicha u Maradonadan ancha ustun. Ammo xarizma va shou yaratish qobiliyati haqida gap ketsa… Messi ancha tartibli va intizomli inson. U yaxshi odam, yaxshi oilasi bor. Diyego esa atrofida sodir bo‘layotgan har qanday voqeani haqiqiy shouga aylantira olardi, — dedi Batistuta Fonbet'ning YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 19:59 15.07.2026. O'qildi: 3130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!