Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Maqsad — o‘limni yengish: Jeff Bezos eng yaxshi olimlarni yig‘moqda

Maqsad — o‘limni yengish: Jeff Bezos eng yaxshi olimlarni yig‘moqda

Amazon internet giganti asoschisi Jeff Bezos o‘lmaslik texnologiyalari ustida ishlash uchun eng yaxshi olimlardan iborat guruhni yig‘moqda.

Ma’lum bo‘lishicha, milliarder o‘z pullarini Alto Labs deb nomlangan startapga sarflamoqda. Yaqinda guruhga GlaxoSmithKline farmasevtika gigantining sobiq bosh olimi Xel Barron olib kelindi. Startap qarish muammolari bilan shug‘ullanadi. Barrondan tashqari, uning tarkibida 2012 yilgi tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, ildiz hujayralarini tadqiq etishdagi ishi uchun mukofotlangan doktor Shinya Yamanaka va kimyo bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti laureati Jennifer Doudna ham bor.

Jamoaga ish boshlayotgan paytida 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ berildi. Pul hujayralarni qayta dasturlash, yetuk ixtisoslashgan (somatik) hujayralarni induksiyalangan pluripotent ildiz hujayralari holatiga qaytarish jarayonini o‘rganishga sarflanadi.

Kiritildi: 18:14 21.01.2022. O'qildi: 3569 marta. Fikrlar soni: 30 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!