Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Mansabdor ayol samolyotdagi janjali sababli lavozimidan bo‘shatildi

A A A
Mansabdor ayol samolyotdagi janjali sababli lavozimidan bo‘shatildi

Qirg‘iziston bosh vaziri Muxammadkaliy Abilgaziyev mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Zuurakan Kadenovani uning samolyot ekipaji bilan janjallashgandan so‘ng xalqaro reysdan olingani haqida xabar paydo bo‘lgandan keyin lavozimidan bo‘shatdi. 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyotda janjal chiqargani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, yuqori lavozimli amaldor bortkuzatuvchilar bilan janjallashib, ularga diplomatik pasportini ko‘rsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olishga qaror qilgan. 

Ayni vaqtda Kadenova Seuldagi mehmonxonalardan birida qolmoqda. Uning keyingi reys bilan vataniga qaytarilish masalasi ko‘rilmoqda. Ayol Seulda Qirg‘izistonning rasmiy delegasiyasi tarkibida bo‘lgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 09:40 23.09.2018. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!