“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane 21 iyun, seshanba kuni “Bavariya”ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, deb yozdi jurnalist Fabrisio Romano tvitterda.
Tibbiy ko‘rik Germaniyada, Myunxenda bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng senegallik 30 yoshli futbolchi "Bavariya" bilan shartnoma imzolaydi.
Sky Sports xabariga ko‘ra, nemis klubi Mane uchun 42,5 million funt to‘laydi. "Bavariya" allaqachon uch yillik shartnoma tayyorlab qo‘ygan.
Mane 2016 yilning iyulidan buyon "Liverpul"da to‘p tepadi. 2021/22 yilgi mavsumda forvard jamoasi safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.