Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikni bosh murabbiy lavozimiga tasdiqladi

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikni bosh murabbiy lavozimiga tasdiqladi

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bungacha u ushbu lavozimda «vaqtinchalik bajaruvchi» sifatida ishlab kelayotgan edi.

«Qizil iblislar» Kerrik kelasi mavsumda ham jamoani boshqarishini ma’lum qilishdi. Tomonlar yangi shartnoma imzolashdi, OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kerrik 13 yanvarda «Manchester Yunayted» boshqaruviga kelgan edi. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha belgilangan edi. 44 yoshli mutaxassis qo‘l ostida mankunianliklar Angliya chempionatining 15 ta o‘yinida 10 ta g‘alaba qozonishdi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!