«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol yozgi transferlar oynasida klubni tark etishga tayyor. Transfer News Live va CaughtOffside nashrlariga tayanib xabar berishicha, xorvatiyalik futbolchi transferni talab qilmoqda va «Bavariya»ga o‘tishga qat’iy qaror qilgan.
Bu vaziyatni «Barselona», Madridning «Real» va Milanning «Inter» klublari ham kuzatib bormoqda. «Shaharliklar» 24 yoshli futbolchi uchun taxminan 75 million yevro talab qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda ingliz grandi Yoshko Gvardiolni «RB Leypsig»dan 90 million yevro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan mavsumda futbolchi 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.