Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Manchester Siti" rekord summaga yangi transfer amalga oshirmoqchi

"Manchester Siti" rekord summaga yangi transfer amalga oshirmoqchi

Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Chelsi"ning 18 yoshli hujumchisi Estevao Villianni sotib olishni maqsad qilgan. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Siti" deyarli 120 million yevro sarflab, Estevaoni o‘z tarixidagi eng qimmat xaridga aylantirishga tayyor. Shuningdek, "shaharliklar" uning maoshini ikki barobarga oshirish niyatida, chunki klubdagilar vingerni sayyoradagi eng yorqin yosh futbolchi deb bilishadi. Biroq, "Chelsi" futbolchining sotilishiga qarshi chiqmoqda.

O‘tgan yozda "Chelsi" Estevaoni "Palmeyras"dan 45 million yevroga sotib olgandi. "Ko‘klar" safida u 20 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:59 09.12.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!