"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Natan Ake qishki transferlar oynasida sotilishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri.
"Shaharliklar" niderlandiyalik futbolchi uchun taxminan 20-25 million funt (23-29 million yevro) taklif qilinsa, yanvar oyida u bilan xayrlashishga tayyor, deb yozadi jurnalist Ekrem Konur. 30 yoshli futbolchini "Barselona", "Yuventus", "Milan", "Vest Xem", "Fulxem", "Bornmut" va "Kristal Pelas" klublari o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda.
Mashhur Transfermarkt portali mutaxassislari Natan Akening narxini pastroq - 18 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng tugaydi.