"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns joriy mavsum yakunidan so‘ng klubni tark etishi mumkin.
Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi va "shaharliklar" rahbariyati hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Stouns xizmati "Yuventus" va Italiyaning boshqa yirik klublariga taklif qilingan. "Keksa sinyora" vakillari himoyachining salohiyatini yuqori baholamoqda, biroq uning tez-tez jarohat olishi shubha uyg‘otmoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun yana bir ehtimoliy variant — "Milan".
Eslatib o‘tamiz, may oyida 32 yoshni qarshi oladigan Stouns o‘n yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelmoqda.