Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Manba: Osiyo chempionati-U23 saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

Manba: Osiyo chempionati-U23 saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

Kuvayt futbol assosiasiyasi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasidagi «D» guruhi o‘yinlarini qabul qilishni rad etgach, ushbu o‘yinlar Toshkentda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

«Futbolium» kanalining yozishicha, KFA ushbu turnir bahslarini qabul qila olmaydigan bo‘lgach, OFK shoshilinch ravishda Kuvayt o‘rniga yangi mezbon izlagan va Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekistonga turnirning «D» guruh o‘yinlarini o‘tkazishni taklif qilgan. Natijada, ushbu bahslar Toshkentda o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgan.

«Saralash turniri Toshkentda o‘tadi. Dastlabki o‘yinlar 27 oktyabr kuni o‘tkaziladi», - deya yozadi taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi kanalida.

Ma’lumot uchun, «D» guruhida Saudiya Arabistoni, Bangladesh va O‘zbekiston ishtirokidagi uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston Olimpiya jamoasi ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Shu sababli Pro liga «A» guruhining so‘nggi uchta tur o‘yini noyabr oyiga ko‘chirilgan edi.

Kiritildi: 22:00 18.10.2021. O'qildi: 2722 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!