Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

"Man Siti" yulduzi jamoani tark etishga qaror qildi

"Man Siti" yulduzi jamoani tark etishga qaror qildi

«Manchester Siti»ning yulduz futbolchilaridan biri shu yozda klubni tark etishga tayyor. Football Insider nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, hujumkor yarim himoyachi Fil Foden navbatdagi transfer oynasida boshqa davlatga ko‘chib o‘tish niyatida.

Qayd etilishicha, Foden «Manchester Siti»da yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi. Agar yaqin vaqt ichida futbolchi va klub o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, transfer amalga oshishi mumkin.

25 yoshli Fil Foden Transfermarkt portali tomonidan 80 million yevroga baholanmoqda. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!