Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Malilik “o‘rgimchak odam” Fransiyada qahramonga aylandi (video)

A A A
Malilik “o‘rgimchak odam” Fransiyada qahramonga aylandi (video)

Parijdagi uylardan birining balkonida osilib qolgan bolani qutqargan malilik immigrant Fransiyada bir zumda qahramonga aylandi, deya xabar bermoqda VVS.

Mamadu Gassama hech qanday xavfsizlik choralari bo‘lmagani holda chaqqonlik bilan balkonlarga tirmangan holda to‘rtinchi qavatga ko‘tarildi va to‘rt yashar bolani qutqardi. Bu payt yon balkondagi boshqa bir kishi bolani bir qo‘lidan ushlab turgan edi. Aniqlanishicha, bolaning ota-onasi voqea asnosida uyda bo‘lmagan.   

Prezident Emmanuel Makron 22 yoshli Gassamani Yelisey saroyiga taklif qilib, barcha fransuzlar nomidan minnatdorchilik izhor qilish niyatini bildirdi.

Bolani qutqarish tasvirlangan videolavha shanba kuni kechqurun Feysbukda e’lon qilindi va qisqa vaqt ichida yetti milliondan ortiq ko‘rildi. 

Mamadu Gassama bir necha oy avval yangi hayot ilinjida Malidan Fransiyaga kelgani ma’lum bo‘ldi.

 

Kiritildi: 04:06 28.05.2018. O'qildi: 1671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik