Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

“Malika” savdo kompleksida “pichoqbozlik” (Video)

A A A
“Malika” savdo kompleksida “pichoqbozlik” (Video)

Avvalroq, “Malika” savdo do‘konlari nomi bilan ataladigan texnikalar sotishga ixtisoslashgan savdo kompleksida “pichoqbozlik” bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 

“UzNews.uz” mobil muxbiri tomonidan ushbu to‘polonning ma’lum bir qismi aks etgan video ham taqdim qilindi.

 

Kecha, 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan o‘zaro kelishmovchilik videotasvirga olingan va unda bir necha nafar shaxslar avtomashina hamda uning haydovchisiga hujum qilganliklarini ko‘rish mumkin.

 

Bundan tashqari voqea guvohlari va ishtirokchilari hozircha shaxsi noma’lum shaxsning qo‘lidan pichoqni olishga urinishgani, avtomashinaga texnik shikast yetkazilgani holatini ko‘rish mumukin.

 

Kelishmovchilikda qatnashgan yana bir tomon vakillari “Nexia” voqea joyidan qochishga harakat qilgan va uning ortidan ko‘pchilik quvib borgani holati ham videotasvirdan o‘rin olgan.

Kiritildi: 15:42 09.07.2018. O'qildi: 3562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik