Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Malayziyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Malayziyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Malayziyada qiyin ahvolda qolgan 14 yoshli o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lum qilinishicha, 22 aprel kuni O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Malayziyada qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi. Joriy yilning 5 aprel kuni elchixonaga Samarqand viloyatida yashayotgan fuqaro S.X. murojaat qilib, uning 2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandi X.S. qonuniy vakillarsiz hamda Malayziyada bo‘lib turish qonun-qoidalarini buzgan holda Kuala-Lumpur shahrida murakkab vaziyatda qolib ketgan.

Diplomatik vakolatxona tomonidan X.S.ga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi va unga Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migrasiya departamenti tomonidan mamlakatni tark etish uchun maxsus ruxsatnoma olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada joriy yilning 22 aprel kuni X.S. buvisi hamrohligida Batik Air aviakompaniyasining “Kuala-Lumpur – Toshkent” aviareysi bilan O‘zbekistonga qaytarildi.

Kiritildi: 04:23 25.04.2024. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!