Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Malayziya O‘zbekistonda islom sug‘urtasini joriy etishni rejalashtirmoqda

Malayziya O‘zbekistonda islom sug‘urtasini joriy etishni rejalashtirmoqda

Malayziya islom sug‘urtasi — takaful tamoyillarini O‘zbekistonda joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchixonasida Malayziyaning Strategic Horizon Management System kompaniyasi bosh konsultanti Sayful Baxri bin Saroni va Abkari Risk Management kompaniyasi direktori Idrus bin Mat Nayan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Malayziya tomoni bilan O‘zbekistonda takaful sug‘urtasini joriy qilish bo‘yicha olib borilgan dastlabki tahlillar yuzasidan fikr almashildi.

Sayful Baxrining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarining yildan yilga islom moliyasi xizmatlariga qiziqishi ortib borayotgani sababli, mamlakatda islom sug‘urtasi ravnaqi uchun katta salohiyat mavjud.

Malayziyalik mutaxassislar O‘zbekistonda dastlabki bosqichda davlat sug‘urta kompaniyalari tarkibida alohida takaful xizmatlarini tashkil etish orqali ushbu tajribani bosqichma-bosqich xususiy sug‘urta kompaniyalarida tatbiq etishni taklif qilmoqda.

Buning uchun Malayziya tomoni Syarikat Takaful Malaysia Bhd., Takaful Ikhlas Sdn. Bhd va ETIQA Takaful Bhd. kabi mamlakatning hukumatga tegishli islomiy sug‘urta kompaniyalarini O‘zbekiston davlat sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikka jalb etish masalasini ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Malayziya hukumati islomiy sug‘urta ekotizimini yaratish bo‘yicha 1982 yilda ilk tamal toshini qo‘ygan. 1984 yilga kelib Takaful to‘g‘risida qonun qabul qilingan va shu yilning o‘zida birinchi islom sug‘urta davlat kompaniyasi tashkil etilgan.

Kiritildi: 11:18 06.10.2024. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!