Zamonaviy fan texnika taraqqiyoti fizika va u bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarning, jumladan, biofizikaningrivojlanish muvafaqqiyatlari bilan bevosita bog‘liq.
O‘quvchilarni hayotga tayyorlash va ularning fanga qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida, fizikani boshqa fanlar bilan bo‘g‘lab tushuntirish kerak. Har bir o‘quvchi yoshligidayoq o‘z qiziqishlarini bilishi, uni doim tartibda saqlashi va gigiyenaga rioya qilishi kerak.
Biofizika elementlarini o‘rganish tabiatda, jonli organizmlarda, shu jumladan inson organizmida kechadigan fizik hodisa va jarayonlarni tushunishga imkon beradi, o‘qitishda fanlararo aloqani amalga oshiradi. Hozirgi zamon tibbiyot amaliyotida tashxis uchun ham turli xil fizik asboblar keng foydalaniladi.
Zamonaviy tibbiyot asboblarining ko‘pchiligi fizika fani qonuniyatlariga asoslangan bo‘lib, u fizik asbob hisoblanadi. Masalan, tibbiyot termometrining ishlash prinsipi simobning issiqlikdan kengayishiga asoslangan.
Kishi tanasidagi (elka arteriyasidagi) qon bosimini tanometr asbobi yordamida o‘lchaydi. Bu asboblar ko‘rsatadigan kattaliklar, ya’ni temperatura va qon bosimi fizik kattaliklardir.
Mexanikada biofizika elementlarini o‘rganishda masalan, “Ishqalanish kuchi” mavzusida o‘quvchilarga jonli tabiatda va texnikada ishqalanish kuchining ahamiyati va zarari, uning odam organizmida namoyon bo‘lishi haqida hikoya qilinadi. Suyakalarning bo‘g‘inda harakatlanishida, ovqat qizil o‘ngachdan o‘tayotganda, mushaklar yaqin to‘qimalar bo‘yicha harakatlanganda, qonning qon tomirlarida harakatlanganida, qovoqning ko‘z ustida harakatlanishida va hokazolarda ishqalanish hodisasi sodir bo‘lishini o‘quvchilar ongiga singdiriladi.
“Statika elementlari”ni o‘rganishda odam organizmida «ishlayotgan» oddiy mexanizmlar borligi aytiladi.
Suyaklar richag vazifasini o‘taydi. Inson tanasida bunday richaglar 200 dan ortiq.
“Ish va quvvat” mavzusida odam tanasining quvvati haqida gapiriladi. Odam normal sharoitda 70-80 V quvvatga erisha oladi.
Molekulyar fizikada “Kapillar hodisalar” mavzusida odamning nafas olishi va oziqlanishi haqida. Havo pufakchasi odamning kichik diametrdagi qon tomiriga kirib qolsa, odam sog‘ligi uchun xavfli ekanligi aytiladi.
Optikada rentgen nurlari infraqizil, ultrabinafsha nurlar, lazer nurlaridan foydalanish gapiriladi.
Maktabda ta’lim tarbiyani yaxshilashda tadbiqiy fizika hamda fanlararo bog‘lanishlarning ahamiyati katta. Maktab fizika kursida o‘quvchilarga o‘rgatiladigan biofizikaga oid materiallar fanlararo hamkorlikda amalga oshirilsa, ularning kasb tanlashlarida ham ahamiyatga ega bo‘ladi.
308-maktabning fizika fani o‘qituvchisi: Hamroyeva M.R.
208-maktabning fizika fani o‘qituvchisi: Turdiyeva N.A
248-maktabning fizika fani o‘qituvchisi: Boltayeva G.CH.