☑️ Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabi direktorining ishdan chetlatilishi bilan bog‘liq holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
🔍 O‘rganish jarayonida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mehnat qonunchiligi talablari buzilgan holda maktab direktori lavozimidan ozod etilgani aniqlandi.
📝 Inspeksiya tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmaga asosan, Boshqarmaning 2026 yil 6 yanvardagi 1-k-sonli buyrug‘i bekor qilinib, maktab direktori lavozimiga qayta tiklandi.