Emmanuel Makron va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Pokistonda o‘tayotgan tinchlik muzokaralari orqali vaziyatni yumshatish muhimligini ta’kidladi.
"Men Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi erkinligi va xavfsizligi tezroq tiklanishi zarurligini qayd etdim, Fransiya bu borada yordam berishga tayyor. Shuningdek, barcha yo‘nalishlarda, jumladan Livanda ham o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga to‘liq amal qilish muhimligini ta’kidladim", — deb yozdi Makron X tarmog‘idagi sahifasida.