Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Makron Trampning g‘alabasiga shubha bildirdi

A A A
Makron Trampning g‘alabasiga shubha bildirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQShda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezident saylovida Donald Tramp g‘alaba qozonishiga shubha bilan qarashini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“France-2” telekanaliga intervyu berish chog‘ida “Tramp vositachilik rolini bajarib, Putin bilan muloqotni yo‘lga qo‘ya oladimi?”, degan savolga Makron aynan shunday javob qaytargan.

“Olgan ma’lumotlarimdan kelib chiqib, Donald Tramp AQSh Prezidenti bo‘ladi, deb o‘ylamayman”, – degan Fransiya yetakchisi.

Kiritildi: 06:00 16.03.2024. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik