Uning ta’kidlashicha, Moskva Yevropa hududida agressiv faoliyat olib bormoqda. Bu esa Rossiyaning xalqaro maydondagi yakkalanishini yanada kuchaytirishi va Yevropa davlatlarining birdamligini mustahkamlashi mumkin.
So‘nggi hodisalar quyidagi mamlakatlarda qayd etilgan:
Makron Polsha bilan birdamligini bildirib, Daniya va Estoniyani ham qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Uning fikricha, Rossiya Ukrainaga qarshi urushni davom ettirish va boshqa Yevropa davlatlari hududida faoliyat olib borish orqali «mas’uliyatsiz tavakkalchilik»ka qo‘l urmoqda.
Shu bilan birga, Makron mazkur hodisalar ro‘yxatida Rossiyaning Ukrainaga qarshi ommaviy zarbalarini tilga olmagan.
Juma kuni kechqurun Rossiya qo‘shinlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning tug‘ilgan shahri — Krivoy Rogga ballistik raketalar bilan hujum qilgan. Ukraina rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, kamida ikki kishi, jumladan, yetti yoshli bola halok bo‘lgan, qariyb 30 kishi jarohatlangan.
Bundan tashqari, jumaga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududiga yuzlab raketa va uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘llagan.