Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Makron pensiya islohotiga qarshi namoyishlar chog‘idagi zo‘ravonlik va tartibsizliklarni qoraladi

Makron pensiya islohotiga qarshi namoyishlar chog‘idagi zo‘ravonlik va tartibsizliklarni qoraladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron pensiya islohotiga qarshi namoyishlar chog‘idagi zo‘ravonlik va tartibsizliklarni qoraladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 400 dan ortiq polisiyachi yaralangan, 500 ga yaqin odam hibsga olingan. Yangi namoyishlar sababli, Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz IIIning Fransiyaga birinchi xorijiy tashrifi qoldirildi.

Bryusseldagi brifingda Makron mehnat qonunchiligi bo‘yicha kasaba uyushmalari bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini, ammo mavvzu pensiya islohoti bo‘yicha bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Fransiya prezidenti pensiya yoshini 64 yoshga ko‘tarishni nazarda tutuvchi islohot majburiy qadam ekanini aytgandi. Demokratik Mehnat Konfederasiyasi keskinlikni yumshatish uchun islohotni olti oyga kechiktirishga chaqirdi, biroq Makron buni zudlik bilan amalga oshirish kerakligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 14:13 25.03.2023. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!