Fransiya prezidenti Emmanuel Makron jamoatchilikni tushunmovchilikdan himoya qilish maqsadida, mamlakat yoshlarini Ukrainadagi mojaroga yubormasligini ma’lum qildi.
Bu izoh Makronning Fransiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari Fabyen Mandonning "fuqarolar o‘z farzandlarini yo‘qotishga tayyorlanishlari kerak" degan gaplari munosabati bilan berildi.
“Menimcha, shunchaki yolg‘on tushuncha kelib chiqishining oldini olish uchun, biz yoshlarimizni Ukrainaga yuborish rejasi bor deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan har qanday fikrni darhol rad qilishimiz kerak. Mazmun butunlay boshqacha”, — dedi Makron RTL radiosiga bergan intervyusida.
Fransuz rahbari ta’kidladiki, Mandon so‘zlari kontekstdan uzib olingan va noto‘g‘ri talqin qilingan.
Shuningdek, Makron Yevropa va Rossiya hozir strategik qarama-qarshilikda turibdi deb aytib, Moskvani yevropaliklar uchun asosiy tahdid sifatida belgiladi. Uning fikriga ko‘ra, agar Yevrosiyo Ittifoqi Ukrainaga ko‘mak berishdan bosh tortsa, bu zaiflik belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin.
“Biz eng katta tahdid qiliyotgan kuchga qarshi o‘zimiz zaif emasligimizni ko‘rsatishimiz kerak”, — dedi prezident.
❗️ 20 noyabrdagi chiqishida Mandon nafaqat inson yo‘qotishlarini qabul qilish zarurligini, balki fransuzlar iqtisodiy og‘riqqa ham tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan. U millatning ushbu qarorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lishi muhimligini ham ta’kidlagan