Fransiya Livan Qurolli Kuchlariga yordamini oshiradi.
Bu haqda Prezident Emmanuel Makron bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
"Fransiya Livan Qurolli Kuchlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi va ularga zirhli transportyorlar, shuningdek, operasion va logistika yordamini ko‘rsatadi", deb yozgan u.
Fransiya rahbari Livan rahbarlari bilan "chegaraning ikkala tomonida Hizbulloh va Isroil tomonidan olib borilayotgan harbiy operasiyalarni to‘xtatish rejasini ishlab chiqish" bo‘yicha muzokaralar olib borganini aytdi.
"Hizbulloh Isroilni o‘qqa tutishni darhol to‘xtatishi kerak. Isroil Livan hududidagi har qanday quruqlikdagi aralashuv yoki keng ko‘lamli operasiyadan voz kechishi kerak", deb ta’kidladi Makron.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Livan rasmiylari Hizbulloh egallab turgan pozisiyalarni nazoratga olishga va butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlikni to‘liq ta’minlashga va’da berishgan.