Makronning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda harbiy jinoyatlar tizimli tus olgan, fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda va inson huquqlari buzilmoqda.
Fransiya rahbari Iordan daryosining bosib olingan G‘arbiy sohilidagi vaziyatga ham to‘xtalib, falastinliklarning qonuniy huquqlari, jumladan, mavjud bo‘lish huquqi hurmat qilinishi kerakligini bildirdi.
Makron xalqaro huquq tamoyillarini saqlash zarurligini ta’kidlab, jazosizlikka asoslangan yangi xalqaro tartibni qabul qilib bo‘lmasligini aytdi. U Fransiya BMT Xalqaro sudini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Makron Fransiya Suriya suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishini bildirdi.
Nutqida Fransiya prezidenti Ukraina, G‘azo, atrof-muhitni muhofaza qilish va G‘arbning Global Janub mamlakatlari bilan munosabatlari kabi masalalarga ham e’tibor qaratdi.