Irlandiyalik sportchi Konor Makgregor UFCning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji haqida tvitterdagi sahifasida keskin munosabat bildirdi.
Irlandiyalik jangchi amerikalik raqibini sakkizburchakka qadam, "tishidan gulchambar yasashga" va’da berdi. Shuningdek, u Getji AQSh nomidan musobaqalarda qatnashishga loyiq emasligini ta’kidladi, chunki, Konorning fikricha, Jastin terrorchilik tashkiloti a’zosi. Ayni qaysi tashkilotligi borasida irlandiyalik aniq aytmadi.
Eslatib o‘tamiz, Getji 10 may kuni Toni Fergyusonni mag‘lubiyatga uchratgandan so‘ng vaqtinchalik chempionga aylandi.