Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Makedoniya parlamentiga kirishda NATO bayrog‘i o‘rnatildi

A A A
Makedoniya parlamentiga kirishda NATO bayrog‘i o‘rnatildi

Makedoniyaning NATOga uzoq kutilgan kirishi ramzi sifatida mamlakat parlamentiga kirishda alyansning bayrog‘i o‘rnatildi.

Shu munosabat bilan poytaxt Skopyeda mamlakat bosh vaziri Zoran Zayev ishtirokida tantanali marosim bo‘lib o‘tgan. Uning davomida vazirlar mahkamasi binosidan Makedoniya Respublikasi hukumati degan yozuv olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, Makedoniyaning NATOga kirishi uchun mamlakat nomini Shimoliy Makedoniya ga o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan.

Zayev Gresiya va Makedoniya tashqi ishlar vazirlari Nikos Kotzias va Nikola Dimitrovga, NATO va Yevropa Ittifoqi vakillariga minnatdorlik bildirgan.

6 fevralda Shimoliy Makedoniyaning NATOga kirishi haqidagi bayonnoma alyansning barcha a’zolari tomonidan ratifikasiya qilingandi. Shu tariqa, sobiq yugoslav davlati Gresiya bilan mamlakat nomini o‘zgartirish haqidagi kelishuv evaziga NATOning 30-a’zosiga aylandi.

2018 yil 17 iyunda Makedoniya va Gresiya Makedoniyaning Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb nomlanishi haqidagi kelishuvni imzolagan.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 20:15 12.02.2019. O'qildi: 1684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!