Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Majidov ta’limda korrupsiyani yo‘qotish haqida: "Bir yil kam"

Majidov ta’limda korrupsiyani yo‘qotish haqida: "Bir yil kam"

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida korrupsiya ustidan qisqa vaqt ichida g‘alaba qozonib bo‘lmasligini tan oldi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekiston ta’lim tizimida prezident farmoni asosida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu masala bo‘yicha 7ta yo‘nalishdan iborat "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, 2019 yil davomida uni ijrosi ta’minlangan.

"Mazkur yo‘l xaritasi doirasida tizimda qator ishlar amalga oshirildi, ularni natijalari tahlil qilindi. Lekin bu illat (korrupsiya, tahr.) shunchalik tarmoqlanib, tizimdagi barcha bo‘g‘inlarga kirib borgan-ki, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni qoniqarli darajada deb bo‘lmaydi va bir yilda buni (korrupsiyani, tahr.) hal qilib bo‘lmasligini ham yaxshi tushunamiz", - dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri.

Majidov ta’lim sohasini korrupsiyadan tozalash uchun qancha vaqt talab etiladi, degan savolga javob berar ekan, "bilim oladiganlar o‘zlarining oliy ta’lim muassasasiga diplom uchun emas, balki bilim olish uchun kelishganini tushungan kundan boshlab korrupsiya yo‘qoladi", deya ta’kidladi.

Vazir shuningdek, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan yo‘l xaritadagi maqsad va vazifalar 2020 yilda boshqatdan ko‘rib chiqilgani va o‘tgan yil davomidagi tajriba asosida qaysi masalalar yechim topmaganligidan kelib chiqqan, qayta ishlanib, tasdiqlanganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:33 27.02.2020. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!