Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

“Majic city”ga kiraverishdagi butka yonib ketdi

“Majic city”ga kiraverishdagi butka yonib ketdi

Shu yilning 6 oktyabr kuni kech soat 18:47 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan “Majic city” bog‘i kirish darvozasi oldidagi butkada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushdi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:49 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv ekipajlari odamlar ommaviy tashrif buyuradigan maskanlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar hamda yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda tez va qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida, bunday maskanlarda navbatchilik olib boradi.

Shu sababdan “Magic city” kirish darvozasi oldidagi butkada sodir bo‘lgan yong‘inga o‘sha yerda navbatchilik olib borayotgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari qisqa muddatda yetib borgan, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 11:06. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!