Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Majburiy tibbiy niqob rejimi bekor qilindi

A A A
Majburiy tibbiy niqob rejimi bekor qilindi

Payshanba kunidan beri Angliyada COVID-19ga qarshi kurashish choralari sezilarli darajada yumshatilgan deya xabar tarqatmoqda BBC News.

Xususan, tibbiy niqobdan majburiy foydalanish bekor qilingan. "Bizning vaksinalarimiz, testlarimiz va virusga qarshi vaositalarimiz himoyaning kuchli kafolati bo‘lib, bizga ko‘proq erkinliklarni tiklashga imkon beradi", - dedi BBC News bilan suhbatda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sadjid Djavid.

Javidning fikricha, qolgan cheklovlar ham bekor qilinishi mumkin, chunki, emlash jarayonida sezilarli darajada yutuqlarga erishildi va koronavirus keltirib chiqaradigan kasalliklarni qanday davolash kerakligi haqida ko‘proq tushunchaga ega bo‘lindi.

Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson endilikda tibbiy niqobdan foydalanish hamma uchun shaxsiy masala bo‘lishini aytib o‘tdi.

Biroq, ayrim do‘konlar fuqarolardan niqob taqishlarini talab qilmoqda. Shuningdek, poyezdda ham endilikda tibbiy niqob taqish majburiy emas.

Kiritildi: 14:41 27.01.2022. O'qildi: 3176 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!