Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘plab xashorotlar borki, ular ba’zida turli o‘simliklar (paxta, bug‘doy, sholi va boshqalar)ning tabiiy yetishishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, fermerlarga zarakunandalar bilan kurashda choralar ko‘rishda kichik avasiya yordamga keladi. Dalaga xashorotlarga qarshi ishlov berib, fermerlar bo‘g‘doyni o‘z vaqtida topshirishdi va rejani ortig‘i bilan bajarishdi. Buning uchun esa uchuvchilarga minnatdorlik bildirishdan charchashmaydi.
Shuningdek, uchuvchilar qishloq joylarini turli zararkunandalarga qarshi ishlov berish bo‘yicha aviaxizmatlar ko‘rsatishdi, bu esa aholi uchun katta yengilliklar yaratmoqda.
Har yili “Maxsus aviasiya ishlari” aviakompaniyasining An-2 samolyotlarida 160 ming gertarga yaqin ekin maydonlarga ishlov beriladi. Bunga samolyotlarda urug‘ sepish, don ekinlarini qo‘shimcha oziqlantirish, qishloq xo‘jaligi zararkunandalari bilan kurash, g‘o‘zalarni defoliasiyalash va boshqalar kiradi.
Bu kabi kichik aviasiya jamiyatga yordam berish hollar juda ko‘p, ammo bugungi kunda “Kichik aviasiya o‘zi kerakmi?” degan savol ko‘rib chiqilmoqda.
Uz24 manbasi xabar berishicha, ko‘plab odamlar, jumladan fermerlar ham traktor ishidan ko‘ra aviasiya yordamida dalalarga ishlov berish tezkor va kamxarj usul ekanini tasavvur ham qilishmaydi. Shunday qilib, traktor yordamida 1 gektar yerga ishlov berish 48 000 so‘m bo‘lsa, samolyot yordamida bunday ishni bajarish 33 000 so‘m turadi, shu o‘rinda bunga yoqilg‘i, ta’mir va boshqa harajatlar ham kiritilgan bo‘ladi. Traktorga kelsak, transportning buzilishi, yoqilg‘i va hokazolar uchun qo‘shimcha tarzda to‘lanadi. Shu o‘rinda aytish kerakki, traktor loyiha ustida ikki kun ishlaydi (misol tariqasida), aviasiya yordamida bajarilgan ish esa 2 daqiqa davom etadi xolos. Shuningdek, manbaning xabar berishicha, hozir “MAI” aviakompaniyasining kadrlarini qisqartirish va kelgusida yopilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda “MAI” aviakompaniyasini poytaxtning Sergeli tumanidan yangi joyga qayta negizlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda, ammo yangi joyning qayerda bo‘lishi xali ma’lum emas.
Hozircha “MAI” AKning yopilishi bo‘yicha rasmiy xabar yo‘q.
Manba: uz24.uz