Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“Mahalla” samarqandlik 16 nafar talabaning shartnoma pullarini to‘lashga ko‘maklashdi

“Mahalla” samarqandlik 16 nafar talabaning shartnoma pullarini to‘lashga ko‘maklashdi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 16 nafar nogironligi bo‘lgan, chin yetim talabalarning qariyb 100 million so‘mlik shartnoma pulini to‘lab berdi. Bu haqda "Xalq so‘zi onlayn" yozmoqda.

- Bu talabalar viloyatimizning turli hududlarida, SOS-bolalar mahallasida ulg‘aygan va ayni paytda Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlardagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda, - deydi Samarqand viloyati mahallalar kengashi boshqaruvi raisi Badriddin Nasriyev. - Ularning murojaatlari hamda oilaviy sharoiti o‘rganilgan holda to‘lov shartnoma pulining 50-60 foizi fond tomonidan to‘lab berildi. Bu yoshlar ertaga yaxshi mutaxassis bo‘lib, Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qilishlaridan umidvormiz.

Kiritildi: 12:18 28.11.2019. O'qildi: 1727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!