Magnit nega kuchli? Chunki uning har zarrasi o‘z magnit maydoniga ega.
Kuchli jamiyat uchun ham har bir inson o‘z kuchiga, ta’siriga ega bo‘lishi kerak.
Magnit qutblari nega hamma yerda bir xil tomonlarni ko‘rsatadi? Chunki uning har bir zarrasi yagona qonuniyatga bo‘ysunadi.
Adolatli jamiyat bo‘lishi uchun ham uning har bir a’zosi o‘zi va boshqalar uchun adolat qilmog‘i lozim.
Magnit nega shu qadar temirga intiladi? Chunki bu uning har bir zarrasining intilishi mushtarakligidan.
Taraqqiyotga intilayotgan jamiyat unga erishishi uchun undagi har bir odamning istagi taraqqiyot bo‘lmog‘i kerak.
Bir-biriga ishonib qolgan, yechimni bir-biridan kutgan jamiyat esa kesak kabi. Kesakning esa taqdiri barchaga ayon...