Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

MAGATE Bosh kotibi Kiyevga yetib keldi

A A A
MAGATE Bosh kotibi Kiyevga yetib keldi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Gross boshchiligidagi delegasiya Kiyevga etib keldi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rafael Gross o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ukraina yetakchisi MAGATE missiyasining tashrifidan nafaqat Zaporojye atom elektr stansiyasidagi vaziyatni tahlil qilishni, balki stansiya atrofidagi va uning ichidagi zonani demilitarizasiya qilish talablarini ham kutishni ta’kidladi, deb xabar berdi “Ukrinform” agentligi.

Uchrashuv chog‘ida Zelenskiy AESdagi portlashlar, yadro reaktorlarining ishdan chiqishi, stansiya bloklarining Ukraina tarmog‘idan uzilishi bilan bog‘liq katta xavflar mavjudligini ta’kidladi.

Prezident, shuningdek, fuqarolar uchun isitish mavsumi bilan bog‘liq ahvol va ma’lum yadroviy xatarlar tufayli yuzaga kelgan global xavf haqida ham gapirdi.

Kiritildi: 17:32 31.08.2022. O'qildi: 2674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik