Bu haqda Fox News ma’lum qildi.
Telekanal xabariga ko‘ra, Nikolas Maduro Nyu-York sudida ispan tilida chiqish qilmoqda va tarjimon xizmatidan foydalanmoqda.
"Men Venesuela prezidentiman va o‘zimni harbiy asir deb hisoblayman. Meni Karakasdagi uyimda qo‘lga olishdi", — dedi Maduro sud zalida.
U, shuningdek, hanuz Venesuela prezidenti sifatida qolayotganini qo‘shimcha qildi.
Reuters'ning xabar berishicha, Nikolas Maduroning rafiqasi Silia Flores ham Qo‘shma Shtatlarda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha ish doirasida o‘zini aybdor deb tan olmasligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Silia Flores Nyu-Yorkdagi sud zaliga kishansiz olib kelindi