Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Madinada hojilar o‘tirgan avtobus yonib ketdi

A A A
Madinada hojilar o‘tirgan avtobus yonib ketdi

Madinada hojilarni tashiydigan avtobus halokatga uchradi. Saudiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, avtobus yengil mashina bilan to‘qnashib ketgan. Transport hodisasi oqibatida ikkala haydovchi ham vafot etgan.

To‘qnashuv oqibatida avtobus va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. Lekin, avtobus eshiklari avtomatik ravishda ochilgach, yo‘lovchilar tezda tushib ketishib, ularga og‘ir tan jarohati yetmagan.

Polisiyachilarning taxminicha, yo‘l transport hodisasiga hozirgi kunlarda Madinada davom etayotgan qum bo‘ronlari sababchi bo‘lishi mumkin.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:46 27.07.2018. O'qildi: 1896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik