Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Madina Mamajonova ishi": prokuror o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

"Madina Mamajonova ishi": prokuror o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon Sino tumani prokurori o‘rinbosari «Madina ishi» tufayli ishdan bo‘shatilganini aytdi. Biroq uning qo‘shimcha qilishicha, unga nisbatan hech qanday ish qo‘zg‘atilmagan.

Bugun, 2 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida Bosh prokuror Sino tumani prokurori o‘rinbosari Madina Mamadjonovaning kaltaklanishi va o‘limi borasidagi ish bo‘yicha qonun ijrosini lozim darajada nazorat qilmagani uchun haqiqatan ham ishdan bo‘shatilganini aytdi.

«Ushbu prokuror hozirda prokuratura xodimlari ixtiyorida», - dedi Yusuf Rahmon.

Unga ko‘ra, voqea va Madina Mamajonova ishi bevosita Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va "Majlisi Milliy" spikeri Rustam Emomali nazoratida bo‘lgan.

Madina Mamajonova ishi so‘nggi paytlarda eng rezonansli voqealardan biriga aylanib, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Emomali e’tiborini tortdi.

Madina Mamajonova 25 avgust kuni g‘oyib bo‘lgan va 14 soatdan keyin og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan. U miya shikastlanishi tufayli tibbiy komaga tushib qolgan, shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu asfiksiya tufayli bo‘lishi mumkin.

Oktyabr oyi oxirida fuqarolik jamiyati faollari Madina ishi bo‘yicha adolatli tergov o‘tkazishni talab qilib, Dushanbe hokimi, bosh prokuror va ichki ishlar vaziriga maktub yo‘llagan edi.

Rustam Emomali «Madina ishi»ni shaxsan o‘z nazoratiga oldi va uning topshirig‘iga ko‘ra Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi ikkinchi tergovni boshladi.

1 noyabr kuni Tojikiston Bosh prokuraturasi Aziza Davlatova va uning turmush o‘rtog‘i Lutfullo Davlatovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atganini ma’lum qildi.

Madina Mamajonova uch oyga yaqin komada yotdi va 15 dekabr kuni vafot etdi.

14 dekabr kuni Parviz Davlyatov sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ammo amnistiya to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, muddat 5,4 yilga qisqartirildi.

«Madina ishi»ga aloqador asosiy shaxs - Aziza Davlyatova 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Davlyatovaga nisbatan amnistiya akti qo‘llanib, muddat bir yilga qisqartirildi. Shunday qilib, u 10 yilini panjara ortida o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:51 02.02.2022. O'qildi: 7056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!