Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Lukoyl" ulushini Amerika kompaniyasi sotib oladimi?

"Lukoyl" ulushini Amerika kompaniyasi sotib oladimi?

AQSh hukumati Iroqning "Lukoyl"ning "G‘arbiy Qurna-2" neft konidagi ulushini Amerika kompaniyasiga o‘tkazish rejasini qo‘llab-quvvatladi.

Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

“Bizni Iroq Neft vazirligining Exxon va Chevron kompaniyalari bilan tuzgan dastlabki kelishuvlari, shuningdek, yaqinda "G‘arbiy Qurna-2"ni AQSh operatoriga o‘tkazish majburiyati rag‘batlantirdi" - dedi Davlat departamenti vakili.

Shuningdek, u AQSh Iroqdagi kompaniyalari manfaatlarini himoya qilishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

1 dekabr kuni Iroq Neft vazirligi bir necha Amerika kompaniyalarini "G‘arbiy Qurna-2" konini boshqarish huquqini beruvchi tenderda ishtirok etishga taklif qildi. Ushbu kompaniyalar ro‘yxati oshkor etilmagan. Biroq, keyinroq ma’lum bo‘lishicha, "G‘arbiy Qurna-2" ulushiga ega bo‘lgan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi o‘zining xorijiy aktivlarini sotishni rejalashtirmoqda. Amerikaning Chevron va Exxon kompaniyalari "Lukoyl"ning Iroqdagi ulushini sotib olishni rejalashtirgan edi.

Kiritildi: 10:15 09.12.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!