Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Lukashenkoning ismi Vikipediyadagi “soxta insonlar” haqidagi maqolada paydo bo‘ldi

Lukashenkoning ismi Vikipediyadagi “soxta insonlar” haqidagi maqolada paydo bo‘ldi

Ko‘p tilli universal Internet ensiklopediyasi - Vikipediyadagi "Soxta insonlar" maqolasi yangilandi. Unda bugun inaugurasiya o‘tkazgan va Belorusiya Prezidenti lavozimida ishga kirishgan Aleksandr Lukashenkoning ismi paydo bo‘ldi.

Maqolada aytilishicha, soxta inson - g‘arazli yoki siyosiy maqsadlarda o‘zligini, aslidan unday bo‘lmagan qilib ko‘rsatuvchi shaxs.

Uning ortidan esa "Antik davrning soxta insonlari", "Evropaning soxta insonlari" toifalariga bo‘lingan ro‘yxat keltirilgan.

Oxirida esa Norvegiya taxtini egallagan Sverrir Sigurdson, o‘zini imperator Frederik II deb atagan Til Kolup, boshqa bir qancha ismlar hamda "2020 yilgi saylovlarga qadar hech qachon siyosat bilan shug‘ullanmagan Svetlana Tixanovskayaga saylovda yutqazgan Belorusiya diktatori" sifatida Aleksandr Lukashenkoning ismi qayd etilgan.

Kiritildi: 21:23 23.09.2020. O'qildi: 1841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!