Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko: «Yangi konstitusiyaga binoan men siz bilan prezident sifatida ishlamayman»

Lukashenko: «Yangi konstitusiyaga binoan men siz bilan prezident sifatida ishlamayman»

27 noyabr kuni Belarussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning yangi konstitusiyasi qabul qilinganidan keyin o‘z lavozimidan ketishini aytdi. Bu haqda Belarusiyaning Belta agentligi xabar bergan.

«Yangi konstitusiyaga binoan men siz bilan prezident sifatida ishlamayman»  dedi Lukashenko.

Lukashenko o‘z nutqida o‘sha kun qachon kelishini aytmagan bo‘lasa-da, konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish va prezident vakolatlarini tuzatish zarurligini ta’kidlagan.

Belarussiyada shu yilning 9 avgustida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan va unda mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongandi.

Ammo, Lukashenkoning raqiblari ushbu saylovda g‘irromliklar bo‘lganini ta’kidlashdi. Shundan keyib butun belarus xalqi hukumatga qarshi namoyishlar boshladi va Lukashenkoning iste’fosini talab qildi. Bunday namoyishlar bir necha oy davom etdi.

Kiritildi: 07:00 28.11.2020. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!